2022-yil 4-choragida "O‘ztransgaz" AJga 111 ta murojaat bo‘ldi
Uztransgaz
27.12.2022

Joriy yil oktyabr-dekabr oylarida “O‘ztransgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan 22 ta yozma, Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 59 ta, elektron pochta orqali 3 ta va 27 ta og‘zaki murojaat kelib tushgan. Ularning 49 tasi qanoatlantirilgan, 42 tasi bo‘yicha mualliflarga tushuntirish berilgan, 20 tasi o‘rganish jarayonida.
Hisobot davrida “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari o‘tkazgan shaxsiy qabullarda 15 nafar, ishonch telefoni orqali va sayyor qabullarda 12 nafar shaxs qabul qilindi.
“O‘ztransgaz” AJ tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha OAVda 5 marta chiqish qilindi. “O‘ztransgaz” AJ masʼullari "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonun hujjatlarida belgilangan qoida va talablarning mazmun-mohiyatini to‘liq tushuntirish, amaliyotda keng va samarali qo‘llash mavzusida 10 ta o‘rganish, 1 ta seminar tadbiri o‘tkazildi.
Prezident Administratsiyasining topshiriqlari asosida “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi hamda uning o‘rinbosari boshchiligida ishchi guruhlar tuzilib, respublikaning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar tashkil etildi. Ishchi guruhlar jami 7 ta sayyor qabul o‘tkazdi. Fuqarolardan jami 8 ta og‘zaki murojaat tushgan. Ko‘tarilgan muammoli masalalar mutaxassislar tomonidan joyida hal etildi hamda tegishli tushuntirish berildi.