jins

Uztransgaz

28.04.2023

Tizim korxonalarida "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni"ga bag‘ishlab tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ta'kidlanayotganidek, o‘lim yoki tan jarohati olish bilan tugagan baxtsiz xodisalarning 70-80% sabablari - inson omili bilan bog‘liq faktorlardir. Bularga mehnat intizomiga, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, qo‘llanilishi kerak bo‘lgan himoya vositalaridan foydalanmaslik, ish bajarishda texnologik ketma-ketlikning buzilishi, ishlarni tashkil etishdagi kamchiliklar, lozim darajada nazorat ishlar olib borilmasligi kabilar kiradi.

Ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, ishchi xodimlar mehnat muhofazasi, sanoat, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini yaxshi o‘zlashtirish va rioya qilish, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanishlari zarur. Gazga xavfli, olovli va boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik choralarini to‘liq bajarish va ishlar  ketma-ketligiga rioya qilish - xavfsizlik kafolatidir.






Возврат к списку