Eng yaxshi payvandchi va liniya quvurchisi aniqlandi
Uztransgaz
29.05.2025
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatida xodimlar malakasini oshirish va ularning kasbiy mahoratini baholashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar muvaffaqiyatli tashkil etildi.
2025-yil 22–24-may kunlari “Eng yaxshi payvandchi va liniya quvurchisi” hamda “Gaz taqsimlash stansiyasining eng yaxshi operatori” yo‘nalishlarida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar o‘z sohalariga oid nazariy va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etishdi. G‘oliblar aniqlanib, Jamiyat rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
Shu bilan birga, rahbar xodimlar uchun 19–24-may kunlari “UTG Training” o‘quv markazida malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Dastur davomida rahbarlarning boshqaruv, liderlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
“O‘ztransgaz” AJ kelgusida ham xodimlarning kasbiy rivojini qo‘llab-quvvatlashga doimiy e’tibor qaratishni davom ettiradi.