Har bir fermer xo‘jaligi rahbarlariga ogohlantirish xatlari tarqatildi
Uztransgaz
05.05.2023
Samarqand MGQB Tarmoq ekspluatatsiya xizmati xodimlari Zarbdor tuman hokimligi va Ichki ishlar bo‘limi masʼullari bilan birgalikda «Sho‘rtan-Sirdaryo» magistral gaz quvurining 349 km.dan boshlab 13 km masofadagi yuqori bosimli gaz quvurining himoya hududida o‘zboshimchalik bilan qurilmalarni qurmaslik yoki qazish ishlarni olib bormaslik bo‘yicha yerdan foydalanayotganlar uchun tushuntirish olib bordilar.

Har bir fermer xo‘jaligi rahbarlariga ogohlantirish xatlari tarqatildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlari olib borilayotgan yerlarda quvurning himoya maydoni magistral gaz quvurlari o‘qidan har ikki tomoniga 25 metr masofada o‘tadigan, shartli chiziqlar bilan chegaralanganligi haqida batafsil maʼlumot berildi.