Ko‘p yillik stajga ega xodimlar rag‘batlantirildi
Uztransgaz
19.08.2022
Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli Qumqo‘rg‘on ta’mirlash, ekspluatasiya qilish punktiga "O‘ztransgaz"AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mita raisi B.A.Boboxonov tashrif buyurdi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi hamda “Neft va gaz sanoati xodimlari kuni” munosabati bilan amalga oshirilgan tashrifda Qumqo‘rg‘on ta’mirlash, ekspluatasiya qilish punkti ishchi-xodimlarining ish sharoitlari o‘rganildi. Sohada ko‘p yillardan beri sidqidildan mehnat qilib kelayotgan xodimlar rag‘batlantirildi.

Tadbir Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Muborak MGQB 1997-yilda tashkil etilgan. Unda 525 ishchi-xodim xizmat qiladi. Ular 2ta sexga ega bo‘lgan KS-0 kompressor stantsiyasidagi 13ta gaz haydash agregati, 1503 km magistral gaz quvurlari, 47 ta gaz taqsimlash stantsiyasi, 5 ta gaz o‘lchov stantsiyasiga xizmat ko‘rsatadi.