jins

Uztransgaz

05.09.2024

Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan “Gazli-Chimkent” magistral gaz quvurining ichki yuzasi porshen yordamida tozalanmoqda. 85 kilometrga yaqin masofada diagnostika ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbir davomida gaz quvuri 3 bosqichda tozalanadi. Diagnostikada aniqlangan kamchiliklar bartaraf etiladi. 

Bu ishlar gaz yetkazib berishda barqarorlikni taʼminlash, tarmoq samaradorligini oshirish va yuz berishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga  xizmat qiladi.


Возврат к списку