"O‘ztransgaz" AJ tizim korxonalarida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari
Uztransgaz
03.03.2022
Jamiyat boshqaruv raisining "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va obyekt xavfsizligini taʼminlash yuzasidan 2022-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra joylarda qator tadbirlar o‘tkazilyapti.

Muborak MGQB KS-0 hududida ishchi-xodimlari ishtirokida o‘tgan o‘quv-mashg‘ulotda “A” sexidagi gaz haydash agregatidagi yoqilg‘i tizimining pasayishi oqibatida yuzaga kelgan favqulodda holatni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi. Amaliyotdan so‘ng erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tahlil qilindi.

G‘allaorol MGQB Yangiyer 3B-kompressor stansiyasida esa har haftaning chorshanba kunlari obyekt ishchi-xodimlari va yong‘in muhofazasi xizmati ishtirokida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib borilmoqda. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Tashkil etilayotgan bu kabi mashg‘ulotlar ishchi-xodimlarning favqulodda holat yuz bergan vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishlari hamda ish jarayonida hushyorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.