"O‘ztransgaz"AJda huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
31.01.2024

Aytilganidek, Prezident tomonidan 12-,16- va 17- yanvar kunlari imzolangan Qonunlar bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida” hamda “Davlat boji to‘g‘risida” qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar haqida ham to‘xtab o‘tildi.

Endi Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi va bu bo‘yicha 15 kunda tegishli qaror qabul qiladi. Konstitutsiyaviy sudga sudyalar qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylanadi. Jismoniy shaxslar o‘z huquq va manfaatlarini buzayotgan mahalliy yoki respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va vakolatli bo‘lgan boshqa shaxslarining qarorlari ustidan maʼmuriy sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lamaydi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari 50%li chegirma bilan ko‘rsatilishi belgilandi.




