Qoraqalpog‘istondagi korxonalarning 6 jamoasi “Zakovat”da kuch sinashishdi
Uztransgaz
04.07.2022
“Urganchtransgaz” UK tizimidagi ishchi-xodimlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yana-da mustahkamlash hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazib kelinmoqda. O'tgan haftada Qo‘ng‘irot tumanida Qoraqalpog‘iston, Tuley, Aqchaloq, Qo‘ng‘irot MGQBlari, Qo‘ng‘irot TSTB, Xo‘jayli sanoat maydoni jamoalari o‘rtasida tashkil qilingan “Zakovat” intellektual o‘yini qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Natijalariga ko‘ra Tuley MGQB jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritda va final bosqichiga yo‘llanma oldi. Bu jamoa endi korxonaning Xorazm viloyatida joylashgan tashkilot jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Zakovat” intellektual o‘yinida g‘olib deb topilgan jamoa bilan finalda bellashadi.