Aksiyadorlar yig‘ilishi

Yangilangan sana: 01/10/2023 15:19:32



AKSIYaDORLARNING UMUMIY YIG‘ILIShI

   Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.

   Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.

   Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi (uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan taqdirda) jamiyat kuzatuv kengashining a'zolaridan biri olib boradi.

   Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilishlardir.

   Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (axborotning) ro‘yxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

   Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmaydi. Ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak, jamiyatning imtiyozli aksiyalari qonunchilikka muvofiq ovoz berish huquqini olishi hollari bundan mustasno.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasi:

  • jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
  • jamiyatni qayta tashkil etish;
  • jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
  • jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining son tarkibini belgilash, ularning a'zolarini saylash va a'zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishtugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
  • e'lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
  • jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish;
  • jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish;
  • o‘z aksiyalarini olish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
  • jamiyat taftish komissiyasining a'zolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
  • jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;
  • jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
  • jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish;
  • jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • imtiyozli huquqni qo‘llamaslik to‘g‘risida ushbu qonunchilikda nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;
  • qonunchilikka muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
  • aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
  • aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
  • jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.

   Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno:

  • jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish hamda jamiyatning e'lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
  • qonunchilikda muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
  • jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
  • jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash;
  • qonunchilikda muvofiq jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.

«O‘ztransgaz» AJ aksiyadorlarining 30.03.2019 yildagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi


«O‘ztransgaz» AJ aksiyadorlarining 25.05.2019 yildagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi


«O‘ztransgaz» AJ aksiyadorlarining 14.08.2019 yildagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi


2019 yil 30 iyundagi «O‘ztransgaz» AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi


Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech