Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




Irina Fattaxova - Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika bo‘limi xodimi

Romitan tumani Gazli shahrida tug‘ilgan Irina uchun gazchilik ota kasb.  Uning otasi shu sohada uzoq yillar ishlab, mehnatidan qadr topganlardan. Bugun 26 yoshli o‘g‘li ham bobosi va onasining izidan borib, gazchilik kasbini sharaflab kelmoqda. Tizimda ishlovchi xodimlar turli millat vakillari ekanligi ham eʼtiborli jihat. Biz hikoya qilayotgan Irina Lyudvigovna tatar qizi. Bugun u baynalminal mehnat jamoasida o‘zbek, qozoq, tojik, rus va boshqa millatga mansub hamkasblari bilan ahillikda mehnat qilmoqda.                                           

Irinaning gaz sohasidagi faoliyatiga bu yil 30 yil to‘ladi. Avvaliga “Gazlitransgazqazibchiqarish” boshqarmasida muhandis sifatida ish boshlagan xodimaning keyingi 10 yildan ortiq faoliyati Gazli MGQB bilan chambarchas bog‘liq. Ayni paytda u 5-“B” gaz siquv kompressor stansiyasida mehnat qilayotgan tajribali mutaxassisni mehnat jamoasi hurmat qiladi. – Hozir ko‘proq hujjatlar bilan ishlayapman, topshiriq bo‘lsa, stansiya ichiga kirib ketaveramiz. O‘z ustimizda ishlash kerak, bir yo‘nalishda qotib qolmaslik kerak. Kasbimdan faxrlanaman. Umuman olganda, biz bo‘layotgan e'tibordan mamnunman, mana bugun ham transport tashkil qilingan holda tibbiy ko‘rikka keldik,  deydi biz bilan suhbatda.


Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech