➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Yangiliklar

Yangilangan sana: 12.01.2021 19:27:19




"O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlariga!

“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2021 yil 12 avgust soat 15:00 da, Toshkent shahri, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 31a uyda joylashgan “O‘ztransgaz” AJ binosida bo‘lib o‘tishi haqida xabar qiladi. 

Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ish tartibini, sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini hamda uning vakolat muddati tasdiqlash;
2. “Gazprombank” AJ hamda “O‘ztransgaz” AJlar o‘rtasida tuziladigan 31.03.2022 yilga qadar, yillik LIBOR 3M+5,35 foiz ustama to‘lash sharti bilan jami 300 (uch yuz) million AQSh dollari miqdorida sindikatlashgan kredit shartnomasini ma'qullash to‘g‘risida.
Xabar berish uchun aksiyadorlarning reestri shakllantiriladigan sana aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida - 2021 yil 19 iyul'.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi – 2021 yil 6 avgust.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2021 yil 12 avgust soat 14:30 dan 14:55 gacha o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan ular bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aksiyadorlarning vakillaridan notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma talab qilinadi.
Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan ma'lumotlar (materiallar) bilan “O‘ztransgaz” AJ (Yusuf Xos Xojib, 31a uy) binosida tanishishlari mumkin.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech