Yangilangan sana: 12.09.2025 15:04:56




Axborot

Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan "So‘x-Namangan" gaz quvurining 1-tarmog‘i 96-kilometrida temir yo‘l ostidan o‘tgan qismi kapital ta'mirlandi. Ta'mirlangan quvurni amaldagi tarmoqqa ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan, bugun "Pop", "Pop-2" va "Chust" gaz taqsimlash stansiyalari orqali tabiiy gaz uzatish qisqa muddatga to‘xtatildi.

Mazkur texnik tadbir "So‘x-Namangan" gaz quvurining ishonchliligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Vaqtincha noqulaylik uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz. 



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech