➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Yangiliklar

Yangilangan sana: 08.18.2022 15:31:36




Farg‘ona MGQBda “O‘ztransgaz” AJning Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan seminar o‘tkazildi

G‘allaorol, Samarqand, Zirabuloq MGQB hamda Shimoliy So‘x va Xo‘jaobod GEOSI murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masʼul xodimlar ishtirok etgan yig‘ilishda murojaatlarni qonunchilikda belgilangan talablar doirasida ko‘rib chiqish va hal qilish yo‘llari muhokama qilindi. 1-chorak yakunlariga e'tibor qaratildi. 

Ta'kidlanishicha, 3 oy davomida yuridik va jismoniy shaxslardan 250 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 114 tasi yozma, 46 tasi Respublika Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali, 3 tasi elektron pochta orqali va 87 tasi og‘zaki shaklda bo‘lgan. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi to‘liq nazoratga olinib, 88 tasi qanoatlantirilgan, 147 tasi bo‘yicha mualliflarga tushuntirish berilgan va 14 tasi o‘rganish jarayonida. 

Murojaatlarning mazmuni haqida so’z borsa, aksari moliyaviy masalalar, tabiiy gaz ta'minoti va to'lovlardagi muammolar bilan bog'liq. Gazlashtirish va gaz ta'minoti korxonalarining noqonuniy xatti-harakatlari bilan bog'liq muammolar ham bor. Seminarda shu kabi muammolarini hal etishga ijobiy natijadorlikka erishish, murojaatlarni holis va tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha choralar muhokama qilindi.

Tashkilot rahbarlari va murojaatlar bilan ishlovchi mas'ul xodimlar murojaatchilar qabulini yetarli darajada tashkillashtirilmaganlgi uchun javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi. 



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech