So‘z mulkining sultoni — yoshlar nigohida
Yangilangan sana: 02.10.2026 16:04:24
Gaz uzatish tizimida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqot va o‘quv-seminar o‘tkazildi
"O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatida Jahon banki bilan hamkorlikda “Magistral gaz uzatish tizimida energiya samaradorligini oshirish va gaz yo‘qotilishini kamaytirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida Jahon banki, VEMA S.A. kompaniyasi va "O‘ztransgaz" AJ mutaxassislari bilan birga kompressor stansiyalaridagi gaz sizib chiqishi holatlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. Shuningdek, mutaxassislarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan maxsus o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Toshkent MGQB "Ohangaron" kompressor stansiyasida metan gaz sizib chiqishini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy o‘quv-seminari ham shular jumlasidan. Tadbirda kompressor stansiyasi zamonaviy maxsus analizatorlar yordamida tekshirilib, gaz yo‘qotilishini aniqlash va kamaytirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar namoyish etildi.

Bu tadbirlar magistral gaz uzatish tizimida energiya samaradorligini oshirish, metan chiqindilarini kamaytirish hamda xodimlarning texnik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi