Янгиланган сана: 04.18.2024 16:22:52




Hurmatli iste‘molchilar!

So‘nggi kunlarda ob-havoning sovuqlashuvi sharoitida aholi, iste‘molchilar hamda ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror hamda uzluksiz ta‘minlash birlamchi vazifa hisoblanadi. 

Respublikada tabiiy gaz iste‘moli ortishi munosabati bilan 2022-yil 9-noyabrdan e‘tiboran barcha AGTKSh O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda viloyatlar hokimliklari bilan tasdiqlangan jadvalga asosan maxsus ish tartibiga o‘tkaziladi. 

Hurmatli iste‘molchilar, amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik bo‘lib, munosib shart-sharoit paydo bo‘lishi bilan barcha AGTKSh odatdagi ish tartibiga qaytadi. 

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

Орқага қайтиш