Yangiliklar

Yangilangan sana: 02.28.2024 22:20:22




Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim "gaz-zapravka"larda tanish-bilishchilik qilinayotgani hamda ayrim avtotransportlarga metan gaz to‘ldirilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda

Avval xabar berilganidek, keyingi kunlarda O‘zbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazning iste’mol hajmi keskin oshib borishi kuzatilmoqda. 

Bunday holatda aholi, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday ulgurji iste’molchilar, xususan, AGTKShlarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. 

Ammo, har bir viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda, ayrim AGTKShlar kunning ma'lum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha oraliqda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr ta'minoti korxonalari, obodonlashtirish boshqarmalari, aholiga propan to‘ldirilgan gaz balonlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Ob-havo harorati ko‘tarilib, qulay sharoit paydo bo‘lgach, Respublikadagi barcha AGTKShlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashini ma'lum qilamiz.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech