Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




Navro‘z shukuhi

"O‘ztransgaz" AJ boshqaruv apparatida Navro‘z ayyomi ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olinmoqda. Kasaba uyushma qo‘mitasi, Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari bayramga alohida tayyorgarlik ko‘rishdi. 

Markaziy apparat ishchi-xodimlari Navro‘z arafasida milliy kiyimlardagi go‘zal qizlar va navqiron yigitlar qo‘llaridan xalqimizning milliy qadriyat namunasi bo‘lgan sumalak va boshqa bahoriy taomlar bilan kutib olindi. Barchaga bayramona kayfiyat ulashildi. 

Ijroiya apparatida mehnatda yaxshi natijalar ko‘rsatib, vijdonan ishlayotgan va boshqalarga ibrat bo‘layotgan xodimlardan bir guruhini Jamiyat rahbariyatining “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlash tadbiri ham tashkil etildi. Nomalar o‘z egalariga tantanali surʼatda topshirildi. 

"O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv apparatida va hududlardagi tizim korxonalarida bayram arafasidagi hashar tadbirlari ham o‘ziga xos tarzda o‘tkazildi. Kimlardir ko‘chat ekib dov daraxtlarga shakl berdi, yana kimlar ish joylarini orasta qilib "Yangi kun"ni kutib olishga tayyorlanmoqdalar. Zero, obodlik ko‘ngillarga ham ko‘chgusidir. 

Kirib kelayotgan "Navro‘zi olam" muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!







Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech