Янгиланган сана: 04.18.2024 16:22:52




O‘zbekiston delegatsiyasi “Shimoliy So‘x” GYOSIning gaz saqlash tizimini qayta tiklash” loyihasi bo‘yicha Qirg‘izistonda bo‘ldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish  maqsadida qo‘shma amaliy harakatlar rejasi tasdiqlangan edi. “Shimoliy So‘x” GYOSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash" loyihasi ham aha shu rejadan o‘rin olgan. 

O‘zbekiston  va Qirg‘iziston Respublikalarining energetika vazirlari tomonidan “Shimoliy So‘x” GYOSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash" loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun “Yo‘l xaritasi” imzolangani bu boradagi ishlarni jonlantirib yubordi. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 15 kishidan iborat Ishchi guruh shakllantirildi. “O‘zLITIneftgaz” AJ bilan birgalikda “Shimoliy So‘x” GYOSI quduqlarida dala tadqiqotlarini o‘tkazish uchun Texnik topshiriq ishlab chiqildi.

10 aprel kuni Energetika vazirligi boshchiligidagi Ishchi guruhi loyiha doirasidagi tadqiqotlarini o‘tkazish uchun mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida  Qirg‘iziston Respublikasining Qadamjay tumaniga tashrif buyurdi. Qirg‘iziston tarafidan tuzilgan ishchi guruhi bilan uchrashuvda yo‘l xaritasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish muhokama qilindi. Qirg‘iziston hududidagi gaz quduqlarining holati ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan navbatdagi qadamlar belgilab olindi.

Орқага қайтиш