Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2024 16:22:52




“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida 

“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2022-yil 8-iyun soat 15:00 da, Toshkent Sh., Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 31a uyda joylashgan “O‘ztransgaz” AJ binosining katta zalida bo‘lib o‘tadi. 

Telefon raqami: (71) 202-10-08,
elektron pochta manzillari: info@utg.uz, korpоrativ@utg.uz (http://korp%D0%BErativ@utg.uz/)

                                    Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ish tartibini tasdiqlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ–168-son Qarorining 2-ilovasiga kiritilgan “O‘ztransgaz” AJ va uning tarkibiy korxonalariga tegishli 7 ta obyektni Jamiyat ustav fondidagi davlat ulushini kamaytirish evaziga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish.
3.“O‘ztransgaz” AJ moliyaviy xo‘jalik faoliyatini 2021-yil yakuni bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash, uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida.
4. “O‘ztransgaz” AJ va “O‘zsanoatqurilishbank” AJ o‘rtasida tuziladigan yirik bitimni tasdiqlash.
5. “O‘ztransgaz” AJning “Uy-joy” fondi mablag‘lari hisobidan quriladigan yoki sotib olinadigan uy-joylarni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni bekor qilish.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reyestri shakllantiriladigan sana – 2022-yil 10-may.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantiradigan sana – 2022-yil 2-iyun.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qatnashchilarini ro‘yxatga olish 
2022-yil 8-iyun soat 14:30 dan 14:55 gacha o‘tkaziladi. 

Aksiyadorlardan ular bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aksiyadorlarning vakillaridan ishonchnoma talab qilinadi.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan maʼlumotlar bilan “O‘ztransgaz” AJ (Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 31a uy) binosida tanishishlari mumkin.


 “O‘ztransgaz” AJ Kuzatuv kengashi



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech