So‘z mulkining sultoni — yoshlar nigohida
Yangilangan sana: 02.10.2026 16:04:24
“O‘ztransgaz” AJda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat siyosatini izchil davom ettirish hamda korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va oldini oluvchi mexanizmlarni joriy etish ustuvor vazifa etib belgilandi.
Joriy yilda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni samarali boshqarishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida Jamiyat Boshqaruv raisi ishtirokida tarkibiy tuzilma rahbarlari, Ijroiya apparati departament boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda jarayonlarda ochiqlik va mas’uliyatni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlanib, ushbu yo‘nalishda Jamiyat tizimida belgilangan vazifalarni amaliy choralar orqali bosqichma-bosqich joriy etish zarurligi qayd etildi.

Jumladan, 2025-yil davomida Jamiyat tizimida qonuniylikni ta’minlash, xodimlar faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va xizmat intizomini kuchaytirish maqsadida ichki nazorat ishlari olib borilgani, aniqlangan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilgani haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, davlat xaridlarida shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash, tender jarayonlarida adolat tamoyillariga qat’iy rioya qilish, shartnoma intizomini mustahkamlash hamda ijro nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha nazorat mexanizmlarini joriy etish masalalari muhim yo‘nalish sifatida belgilandi. Bu borada mas’ul tuzilmalar faoliyatini kuchaytirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tashkiliy choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Loyiha-qurilish yo‘nalishida esa xizmatga oid axborotlar bilan ishlash tartibini kuchaytirish, tasdiqlanmagan hujjatlar va ma’lumotlarning tarqalib ketish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, axborot xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Ushbu yo‘nalishda mas’ul shaxslar javobgarligini oshirish hamda intizomiy ta’sir choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
2026-yilda “O‘ztransgaz” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ishlar tezkor va natijador yondashuv asosida kuchaytirilib, ushbu masalalar bo‘yicha amaliy ishlar “favqulodda holat” rejimida tashkil etilishi belgilandi. Shuningdek, korrupsiya holatlariga oid murojaatlar bilan ishlash tizimi yanada kuchaytirilib, 1852 qisqa raqamli ishonch telefoni ishga tushiriladi.
Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi