Yangilangan sana: 03.12.2026 11:53:01




Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘ztransgaz” AJ tizimida ayollar huquqlari buzilayotgani to‘g‘risida bildirilgan murojaatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Hozirgi kunda Jamiyatda Prezidentning tegishli farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda aksiyadorlar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida tashkiliy tuzilmani maqbullashtirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Mazkur hujjatlarga muvofiq, 2025–2027-yillar davomida ijroiya apparati va tizim tashkilotlarida xodimlar sonini bosqichma-bosqich 15–20 foizgacha qisqartirish, shuningdek boshqaruv xodimlari shtat birliklarini 10 foizga maqbullashtirish belgilangan.

Mazkur jarayon Kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorlari bilan tasdiqlangan bo‘lib, amaldagi mehnat qonunchiligiga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.

Kogon MGQBda faoliyat yuritayotgan D.Xasanova egallab turgan shtat birligi qisqartirishga tushganligi sababli, unga belgilangan tartibda ogohlantirish berilgan. Shuningdek, boshqarmada mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan, biroq ushbu takliflar rad etilgan. Uning murojaatlari amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqilib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Ta’kidlash joizki, optimallashtirish jarayoni tenglik va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.  



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech