Yangiliklar

Yangilangan sana: 12.09.2025 15:04:56




Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar bilan muloqot

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi, Yoshlar parlamenti, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan vazirlik, idora va tashkilot rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari bilan muloqot o‘tkazildi. https://parliament.gov.uz/news/yoshlar-masalalari-boyicha-maslahatchilar-bilan-muloqot

Taʼkidlanganidek,keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kelajak bunyodkorlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, intellektual va ijtimoiy o‘sishi uchun zarur sharoitlar yaratish, borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yoshlarning ilg‘or tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Bosh qomusimizning 79-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Bunday normalar davlatning yoshlar rivoji va barqaror kelajakka yo‘naltirilgan siyosatini huquqiy kafolatlar bilan mustahkamlashga imkon yaratadi va faol jamiyat aʼzosi sifatida ishtirok etish huquqlarini kafolatlaydi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda ularni masʼul rahbarlar hamda huquq-tartibot va mudofaa organlari rahbarlariga biriktirish orqali ularning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha yaratilgan tizim natijasida so‘nggi uch yilda 500 ming nafar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashildi.

Muloqotda vazirliklar va aksiyadorlik jamiyatlarning yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlari bo‘yicha axboroti eshitildi. Xususan, Energetika vazirligi tizimida yoshlarga berilayotgan eʼtibor, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilayotgan yangi tashabbuslar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlar va tijorat banklarda yosh mutaxassislar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Tadbir yakunida sohaga oid faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech