Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.22.2025 16:34:36




Zirabuloq MGQBga qarashli "KS-2" kompressor stansiyasida texnologik quvurlarni tekshirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

Zirabuloq MGQBga qarashli "KS-2" kompressor stansiyasida texnologik quvurlarni tekshirish va ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. "B" sexidagi yer osti texnologik quvurlarining metall qalinligi va himoya qobig‘ining (izolyatsiya) holati o‘rganildi va aniqlangan nuqsonli quvurlar almashtirildi.

Tekshiruv va ta’mirlash ishlari davomida yer osti va usti texnologik quvurlarning suv yordamida yuqori bosim ostida mustahkamligi sinovdan o‘tkazildi. Ishlar yakunida payvand choklari rentgen yordamida tekshirildi va texnologik quvurlarning himoya qobig‘i (izolyatsiyasi) yangilandi.

Ushbu tadbirlar texnologik quvurlarni ishonchli ishlashini ta’minlash va kutilmagan avariyalarning oldini olish maqsadida amalga oshirildi. Quvurlarni muntazam ravishda tekshirish va ta’mirlash ularning uzoq muddatli va xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech