“Nukus-2” tarmoq gaz quvuri quvuri taʼmirlandi.
Янгиланган сана: 10.03.2024 14:40:55
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
2021 yil 14 yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi binosida Energetika vaziri Alisher Sultanovning mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika kompleksi sohasida xalqaro investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek yangi imkoniyatlarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik missiyalari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda O‘zbekistonning qariyb 30 nafar Favqulodda va muxtor elchilari ishtirok etdi.
Xususan, uchrashuv chog‘ida “500 kV li Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish tarmog‘i qurilishi (Afg‘oniston) loyihasi bo‘yicha kelishuv ijrosi, turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt bo‘lgan 4 ta yangi IES qurilishining borishi, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Frantsiya va boshqa davlatlar kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) loyihalari qurilishlarining borishi muhokama qilindi.
Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston diplomatik missiyalari bilan hamkorlikda YoEK sohasida ko‘zda tutilgan loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirish maqsadida bu va boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Bugungi kunda mazkur hamkorlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va O‘zbekiston energetika sohasi uchun yangi bo‘lgan davlat-xususiy sherikligiga asoslanadi.
DXSH asosidagi loyihalar ijrosi doirasida, xususan quyosh va shamol elektr stantsiyalari qurilishi bo‘yicha tenderda ishtirok etish bo‘yicha 80 tagacha potentsial xorijiy investor ariza topshirmoqda.
Xorijiy investorlarning YoEK sohasidagi loyihalarga qiziqishi ortib borayotganini hisobga olgan holda Energetika
vazirligi rahbariyatining diplomatik missiya rahbarlari bilan bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlarini reja asosida
o‘tkazish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston elchilarining energiya loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirishda
bevosita ishtirok etishi O‘zbekiston energetika mustaqilligiga erishishga salmoqli hissa qo‘shadi.
Shadmanov Yodgorxon Mahamatovich O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi
Maksudov Ulug‘bek Xamidjanovich O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi
Hakimov Dilьyor Zafarovich O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi