Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.23.2024 09:15:29

Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida xodimlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

«Urganchtransgaz» UK huzuridagi «UTG Training» o‘quv markazi mutaxassislari malaka oshirish bo‘yicha sayyor o‘quv kurslarini tashkil etib kelmoqda. Bu gal ular Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida bo‘lib, boshqarma mutaxassislarning ishdan ajralmagan holda malaka oshirishlariga imkon beryapti.

Zirabuloq malaka oshirish darslariga Samarqand MGQBning xodimlari ham jalb etilgan. Darslar yuk ko‘tarish va tushirish moslamalarida ishlovchi (stropalщik) hamda siqilgan tabiiy gaz (metan-CH4) va suyultirilgan gaz (propan-C3H8) ballonlari o‘rnatilgan avtoulov haydovchilariga, shuningdek, yuqori bosim ostida ishlaydigan sig‘imlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha masʼul xodimlarga alohida shaklda tashkil etilmoqda.  

Tizimdagi ishchi-xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvali doirasida o‘tkazilayotgan ushbu sayyor o‘quv kurslari 3 kunga mo‘ljallangan.

Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech