Rahbarlar faoliyati

Yangilangan sana: 02.10.2026 16:04:24




Jarayon

“O‘ztransgaz” AJ rahbariyati tomonidan iste’molchilarni kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan bir maromda kafolatli ta’minlash maqsadida tizim obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish tadbirlari tunu-kun davom etmoqda. 22 avgust kuni Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan “O‘rtasaroy” gaz taqsimlash stansiyasiga borildi. Mas’ullar bilan suhbatda ulardan ayni obyektlarning bugungi kundagi faoliyati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar xususida ma’lumot olindi.   

Shuningdek, davlat rahbarining 2020 yil 18 iyundagi "Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

Ayni yo‘nalishdagi tadbirlar davom etadi.






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech