Komplayens-nazorat: jamoatchilik kengashi 2025 yil yakunlarini ko‘rib chiqdi
Yangilangan sana: 02.10.2026 16:04:24
Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan kitob yarmarkasi shunday nomlandi.
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu yarmarka tashkilotning o‘ziga xos ma’naviy tashabbusi bo‘ldi.

Unda bolalar uchun turli badiiy adabiyotlar, ertak, ta’limiy va rivojlantiruvchi kitoblar namoyish qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni bilimli, ma’rifatli va ma’naviyatli qilib tarbiyalashdan iborat.
Yarmarkada bolalar va ota-onalar birgalikda ishtirok etdi va har bir oila farzandi uchun eng yaxshi kitobni tanlab olish imkoniga ega bo‘ldi.
“O‘ztransgaz” AJ axborot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanovaning ma’lum qilishicha, tashkilot rahbariyati kelgusida ham yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday tashabbuslarni doimiy ravishda o‘tkazib boradi.

–Tashkil etilgan yarmarkani “Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” deb nomladik. Biz farzandlarimizning ma’naviy rivojlanishi, ularning bilimga chanqoqligi va mustaqil o‘qishga bo‘lgan qiziqishi uchun turli loyihalarni amalga oshirishga harakat qilamiz. Bu kitob yarmarkasi ham aynan shu maqsadda tashkil qilindi. Kitob eng yaxshi do‘st va eng yaxshi sovg‘a ekanini farzandlarimizga his ettirishni istaymiz. Muhimi, kitob yarmarkasida qatnashgan bolalar va ularning ota-onalari tadbirdan mamnun bo‘lib, bunday tashabbuslar farzandlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishini e’tirof etdilar. Albatta, bu biz uchun quvonarlidir, –dedi Sh.Ravshanova.
Aytish joizki, “O‘ztransgaz” AJ uchun bu loyiha nafaqat ma’naviy ahamiyatga ega, balki korporativ ijtimoiy mas’uliyatni oshirishning ham yorqin namunasidir.
N.Ziyodullayeva, O‘zA
Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi