Komplayens-nazorat: jamoatchilik kengashi 2025 yil yakunlarini ko‘rib chiqdi
Yangilangan sana: 02.10.2026 16:04:24
“O‘ztransgaz” AJ: gaz zahirasi 19 foizga oshirildi
JamiyatTanlashRo‘yxatdan Bugun “O‘ztransgaz” AJda o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2024–2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Unda "O‘ztransgaz" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shohjahon Safarov tayyorgarlik ishlari aholi va ijtimoiy ob’ektlarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlashga qaratilganini ta’kidladi.
Tadbirda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi “Toshkent-1” gaz taqsimlash stansiyasida Qibray va Toshkent tumanlari uchun gaz bosimini rostlash tugunlari alohida ajratildi. Bu aholi va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish barqarorligini oshirishga imkon berdi. Urganch shahridagi gaz taqsimlash stansiyasi rekonstruksiya qilinib, iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi va sifati yaxshilandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida “To‘rtko‘l” gaz taqsimlash stansiyasi yangidan qurildi va zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi.
– Namangan shahridagi “Yangi O‘zbekiston” stansiyasi orqali 3,5 mingdan ortiq xonadon va yangi massivlardagi ko‘p qavatli uylar tabiiy gaz bilan ta’minlandi. Respublika bo‘ylab 50 kilometrdan ortiq magistral gaz quvurlari montaj qilindi, 64 kilometr masofadagi nuqsonli qismlar kapital ta’mirlandi. Shuningdek, gaz saqlash inshootlariga o‘tgan yilga nisbatan 19 foiz ko‘proq gaz zahirasi jamlangani qayd etildi. 427 ta gaz taqsimlash va o‘lchash stansiyasidagi uskunalar tekshirilib, 1 700 dan ortiq uskuna ta’mirlangan. Gaz siquv kompressor stansiyalari reja asosida ishlab turibdi: 58 ta agregat ishchi holatida, 26 tasi esa zahirada saqlanmoqda.Har bir boshqarmada favqulodda holatlarda ishlashga shay holda avariya brigadalari va maxsus texnikalar tashkil etilgan, – dedi Sh.Safarov.
“O‘ztransgaz” AJ tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar 2024–2025 yillar qish mavsumida gaz ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Tashkilot aholi va ijtimoiy tarmoqlar uchun tabiiy gaz yetkazib berishda ishonchli xizmat ko‘rsatishni davom ettirmoqda.
N.Ziyodullayeva, O.Pardayev (surat), O‘zA
Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi