OAV biz haqimizda

Yangilangan sana: 04.22.2025 16:34:36




“O‘ztransgaz” AJga kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida hal etilmoqda

 

2024 yilning yanvar-dekabr oylarida Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy tuzilmalariga chiqib murojaatlarda tez-tez ko‘tariladigan muammoli masalalar bo‘yicha tahlillar o‘tkazdi. Yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va qoidabuzarliklarning sabablarini bartaraf etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish maqsadida o‘rganishlar o‘tkazilib, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi.

Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘ztransgaz“ AJ boshqarma boshlig‘i Surayyo Sidiqjonova bu haqida quyidagilarni ma’lum qildi:

– “O‘ztransgaz“ AJning barcha boshqarmalarida murojaatchilar uchun Fuqarolar qabulxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yil yanvar-dekabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tizimli asosda tashkil etish, quyi tuzilmalarda olib borilayotgan ishlarni o‘rganib borish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, murojaatlarga sabab bo‘layotgan omillarni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy tuzilmalariga chiqib murojaatlarda tez-tez ko‘tariladigan muammoli masalalar bo‘yicha tahlillar o‘tkazdi. Yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va qoidabuzarliklarning sabablarini bartaraf etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish maqsadida o‘rganishlar o‘tkazdi va ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, “O‘ztransgaz”aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi hamda uning o‘rinbosari boshchiligida respublikamizning tuman va shaharlarida sayyor qabullar tasdiqlangan grafiklar asosida tashkil etildi. Hisobot davrida hududlarda 14 marta sayyor qabul o‘tkazildi. Ommaviy va sayyor qabullarda murojaatchilarning muammolarini hal etish, qabullarning natijadorligiga erishish maqsadida murojaatlarni xolis va tezkor ko‘rib chiqishga qaratilgan choralar ko‘rildi. Sayyor qabullarda “O‘ztransgaz” AJ markaziy apparati, uning quyi korxona va tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 119 ta og‘zaki murojaat tushdi. Ko‘tarilgan muammoli masalalar mutaxassislar tomonidan joyida hal etildi. “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi, o‘rinbosarlari, markaziy apparat mutaxassislari va uning quyi korxona va tashkilotlari tomonidan bevosita aksiyadorlik jamiyatidagi shaxsiy qabullarda 252 nafar murojaatchi qabul qilindi.

2024 yil davomida joylarda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati, uning quyi korxona va tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 1068 ta yozma, shaxsiy va sayyor og‘zaki qabullarda 371 ta, elektron pochta orqali 35 ta, telefon orqali 38 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 787 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi nazoratga olinib, 1094 tasi qanoatlantirilgan, 817 tasi bo‘yicha mualliflarga tushuntirish berilgan, 346 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 12 tasi rad etilgan, 4 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborilgan va 26 tasi o‘rganish jarayonida.

N.Ziyodullayeva, O‘zA





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech