Strategiya

Yangilangan sana: 12/23/2025 17:31:57



Kompaniya strategiyasi

    "O'ztransgaz" AJ strategiyasi ichki bozorda tabiiy gazga boʼlgan talabni toʼliq va samarali qondirish, sanoat va ekologik xavfsizlikni taʼminlaydigan zamonaviy ilgʼor texnologiyalarni qoʼllagan holda, tranzit va eksport salohiyatini oshirish maqsadida gaz transport tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

Maqsad va vazifalari

"O'ztransgaz" AJning maqsadi - ichki bozorni tabiiy gaz bilan taʼminlash, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasining eksport va tranzit salohiyatini oshirish.

Strategik maqsad asosida quyidagi ustuvor vazifalar belgilangan:

  • gaz uzatish tizimini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish;

  • investitsiyalar uchun jozibador va shaffof sharoitni yaratish, shuningdek moliyalashtirishni jalb qilish uchun turli xil moliyaviy vositalardan (evro-obligatsiyalar va boshqalar) foydalanish;

  • raqobatbardosh narxlarni belgilash tizimini rivojlantirish va kompaniyaning adolatli rentabelligini taʼminlash;

  • moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga asoslangan, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolar boʼyicha hamda hisobotlarning global tashabbusiga muvofiq (GXT) hisobotlarni nashr etish;

  • hisob va hisobotning xalqaro standartlari (ISAR) tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi kompaniyaga bosqichma-bosqich va toʼliq aylanish.


Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech