Янгиланган сана: 05.15.2024 14:15:15




“Yong‘in xavfsizligi oyligi” davom etmoqda

Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida ushbu oylik munosabati bilan chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Haftaning chorshanba kunlari favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, 23-noyabr kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda yong‘inga qarshi o‘quv-taktik mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Harakatlar jarayonini mutaxassislar kuzatib bordi. Ishtirokchilarga yong‘in sodir bo‘lganda qo‘llaniladigan vositalardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha maʼlumotlar berildi.


Орқага қайтиш