8-dekabr - O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
Yangilangan sana: 12.06.2024 16:36:57
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
A.Sultonov RDU rahbariyati va professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan muloqoti davomida ushbu oliy o‘quv yurtining O‘zbekiston neftь va gaz sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonidagi muhim rolini qayd etdi.
Aytish joizki, O‘zbekiston Prezidentining 2007 yil 12 yanvardagi qarori asosida Toshkentda Rossiya davlat neftь va gaz universitetining filiali o‘z faoliyatini boshlagandi.
Energetika vaziri yoqilg‘i-energetika kompleksining mazkur filial bilan o‘zaro yaqin aloqalari, talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari, neft-gaz sohasini rivojlantirish uchun ularning istiqbolli loyihalari va innovatsion g‘oyalarining muhokamasi haqida gapirib berdi.
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti vakillari o‘z tomonidan talabalarning novatorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkentdagi filial bilan hamkorlikdagi loyihalarga, o‘zaro aloqalarga hamda o‘zaro tajriba va innovatsiyalar almashinuviga katta qiziqish bildirdi.
Qayd etib o‘tamiz, RDUning Toshkentdagi filiali I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining alohida tuzilmaviy bo‘linmasi hisoblanadi. Unda barcha darajadagi mutaxassislar, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi. Rossiya davlat neft va gaz universitetida qabul qilingan ta’lim dasturlariga muvofiq respublikaning neft-gaz sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash Filialning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati