Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




Investisiya dasturi uddalandi

Investisiya dasturi uddalandi Avval xabar berilganidek, “O‘ztransgaz” AJ tomonidan "2021/22-yillarda O‘zbekiston Respublikasining magistral gaz uzatish tizimini modernizasiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi" doirasida Kogon-Gazli magistral gaz quvurining IV tarmog‘i (diametri 1200 mm, 146 km uzunlikda) qurib bitkazildi.

Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tarmoqda ayni paytgacha qurilish-montaj, quvurlarni izolyatsiya qilish va gidrosinov ishlari yakunlanib, gaz quvuri tabiiy gaz bilan to‘ldirilmoqda.

Bir kecha-kunduzda 25 mln metr kub tabiiy gaz o‘tkazish quvvatiga ega mazkur tarmoq tez orada ishga tushiriladi.

Investisiya dasturini amalga oshirishda 400 ga yaqin ishchi-xodim va 100 dan ortiq maxsus texnikadan foydalanildi.


Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech