Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.03.2024 16:41:33




КОГОН КС-1 KOMPRESSOR STANSIYASI DEKABR OYIDA FOYDALANISHGA TOPSHIRILADI

Avval xabar berilganidek, joriy yil 11-iyunda Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiningi 1-Kompressor stansiyasida favqulodda holat ro‘y berishi oqibatida stansiya bino va muhandislik inshootlariga zarar yetgan edi. Shundan so'ng, uning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tezkor chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu kunlarda, KS-1 kompressor stansiyasida qurilish va taʼmirlash ishlari jadal surʼatda olib borilyapti. "O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari - Bosh muhandis v.b O‘. Nuriddinov va Boshqaruv raisining o‘rinbosari v.b T. Ismoilov KS-1'dagi qayta tiklash jarayonini bevosita ko‘zdan kechirib, ishlarning borishi, mavjud holatda yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

13-oktabrda KS-1 kompressor stansiyasining 4-son STM-4000/2 rusumli gaz haydash agregatining elektr dvigateli o‘rnatildi. Ushbu dvigatel Toshkent shahrida “O‘zbekenergotaʼmir” AJ korxonasida taʼmirlandi. Yana 3 ta agregatni ham olib kelib, o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech