Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.02.2026 14:04:23




11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni


Sana munosabati bilan O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tantanali marosim tashkil etildi.  Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida  bo‘lib o‘tgan  tadbirda tizim korxonalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etdilar. Unda so‘z olganlar Kasaba uyushmalarining hayotimizdagi ahamiyati, yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar. 

Anjumanda "Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish" hamda "Elektr energiyasi va yoqilg‘i resurslarini tejash bo‘yicha eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti" ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblarini hamda kasaba uyushmalarning faol xodimlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlarga Diplom va esdalik sovg‘alari, soha faollariga esa "Neftgazqurilish kasaba uyushmasi xalqaro Konfederatsiyasi"ning Faxriy Yorliqlari topshirildi. 

Taqdirlanganlar orasida "O‘ztransgaz" AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi  Gazli MGQB (I o‘rin) va Samarqand MGQB (III o‘rin) larning  Kasaba uyushma qo‘mitalari ham borligi eʼtiborli. Shuningdek, sohada uzoq yillar mehnat qilib obro‘ topgan, jamiyat hayotida Kasaba uyushmalarining ahamiyatini kuchaytirishga hissa qo‘shayotgan faol xodimlar ham eʼtirof etildilar.

Tadbir davomida teatr repertuaridan joy olgan “Esdan og‘ish hech gapmas” komediya spektakli namoyish qilindi.









Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech