Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.18.2026 17:17:21




Bekobodlik yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar siyosatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, kasb egallashi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 

Bu borada ayrim yoshlarimizga alohida eʼtibor, maslahat va qo‘llab-quvvatlash juda zarur. Shu yo‘nalishda ish olib borish maqsadida "O‘ztransgaz" AJga Bekobod tumanidagi “Farhod” va “Birdamlik” mahallalarida istiqomat qiluvchi 40 nafar yosh biriktirilgan. Jamiyat masʼullari shu mahallalardagi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi. 

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari hamda mavjud muammolari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech