Yangilangan sana: 05.01.2026 10:47:58




Milliy_libos_faxrimiz


photo_2026-05-01_10-41-01.jpg
Milliy liboslar — xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniyati, urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlarining yorqin timsolidir. Ularda xalqimizning tarixi, didi va betakror an’analari mujassam bo‘lib, har bir naqsh va bezakda milliy ruh va iftixor aks etadi.

“O‘ztransgaz” AJ tizimida har juma kuni milliy liboslarda ishga kelish yaxshi an’anaga aylangan. Xodimlarimiz ushbu tashabbusda faol ishtirok etib, nafaqat ish joyida ko‘tarinki kayfiyat yaratayotgani, balki milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni ham namoyon etmoqdalar.

Bu kabi ezgu odatlar xalqimizning boy merosini asrab-avaylash, uni keng targ‘ib qilish va kelajak avlodlarga munosib tarzda yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Milliy libos — bu shunchaki kiyim emas, balki millatimiz sha’ni va g‘ururidir.


Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech