E'LON
Yangilangan sana: 04.02.2026 14:04:23
Neft va gaz sanoati xodimlari kuni muborak bo‘lsin!
Qadrli hamkasblar!
Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridandir. Barchamizga ma’lumki, Muxtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan keyingi yillarda O‘zbekiston neft va gaz sanoatida tizimli islohatlar amalga oshirilmokda. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning barcha sohalarini, jumladan, neftgaz tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohada yangi inshootlarni barpo etish, mavjudlarini zamon talablari asosida rekonstruksiya hamda modernizatsiya qilish ishlari jadal davom etmoqda. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, korxonalararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit, imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda.

Magistral gaz quvurlari tarmog‘i – mamlakat taraqqiyotida, uning iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega tizim hisoblanadi. Xonadonlarimizdagi farovonlik, ijtimoiy ahamiyatga ega muassasalardagi imkoniyatlar, sanoat korxonalarining samarali ishlashi, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik quvvatlar... bularning hech birini tabiiy gaz ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayni kunlarda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakat gaz transport tizimini rivojlantirish, hamda iste’molchilarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida qator islohotlar har qachongidan ham jadallashganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Aziz hamkasblar!
Butun dunyoda sodir bo‘lgan pandemiya sharoitida ham tizimda sanitariya talablariga rioya qilingan holda mehnat jarayoni faol davom ettirildi. Bunda har biringiz ko‘rsatgan matonat va fidoyilik ko‘pchilikka ibratli jihatlar bo‘ldi. Barchangizni kasb bayrami bilan tabriklar ekanman, mashaqqatli hamda mas’uliyatli ishingizga rivoj va unum, sog‘lik-salomatlik, xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilayman!
Yurtimiz rivojiga xissa qo‘shishdek oliyjanob maqsad hech birimizni tark etmasin, har kunimiz bayramdek o‘tsin, azizlar!
Ehtirom bilan,
Boshqaruv raisi U.X. Sayidov
Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi