Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




"O'ztransgaz" AJ Boshqaruv raisi tomonidan boshqaruv apparati va tizim korxonalarining mas'ullari ishtirokida videokonferensiya o'tkazildi

Tadbir Davlatimiz rahbarining 2021-yil 10-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 43-son qarori ijrosiga bag'ishlandi.

Unda Behzot Narmatov "O'ztransgaz" AJ tizimida 2022-yilda barpo etilishi rejalashtirilayotgan inshootlar qurilishi jarayonida  mablag'larni samarali va maqsadli  sarflash, qurilishda energiya tejamkor materiallaridan foydalanish zarurati, qurilish ishlarini qat'iy tarzda loyiha-smeta hujjatlari to'liq rasmiylashtirilganidan so'ng boshlash kerakligini ta'kidladi. Materiallarni markazlashgan holda xarid qilish masalalariga to'xtalib o'tdi. Bunda ishchi-xodimlarga qulay ish sharoitlarini yaratish doimiy e'tiborda bo'lishi kerakligi ustuvor vazifa sifatida qo'yildi.  

"Urganchtransgaz" UKga qarashli MGQBlarni ta'mirlashda, Gazli MGQBga qo'shimcha bino  qurilishida va gaz taqsimlash shoxobchalarining rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarida zamonaviy yondashuvlarga asoslanish zarurligi ta'kidlandi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech