Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




"O'ztransgaz" AJ javob beradi



SAVOL: Magistral gaz quvurlar deganda qanday gaz quvurlari tushuniladi?  "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati magistral gaz quvurlari tizimida qanday o‘lchamlardagi quvurlaridan foydalaniladi?

JAVOB: Gaz quvuri - quvur tarmog‘i yordamida tabiiy gazni tashish uchun mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Magistral gaz quvuri - gazni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash korxonalari hududidan uning iste'mol qilinadigan hududga qadar tashish uchun mo‘ljallangan quvurlar tizimi yoki alohida gaz konlarini bog‘laydigan quvurlar tarmog‘idir.

 “O‘ztransgaz” AJ bugungi kunda qariyb 13,2 ming km uzunlikdagi magistral gaz quvurlaridan foydalanadi.  Quvurlarining diametr ko‘rsatkichlari – 159 mm.dan 1420 mm.gacha, ishchi bosimi 25 kg/sm2 dan - 55 kg/sm2 bosimdagi kuch bilan ishlovchi quvurlardan iborat.

Magistral gaz quvurlarining har ikki tarafida quvur diametridan kelib chiqqan holda belgilangan muhofaza maydonlari mavjud. Bu yerlarda bino va inshootlarni qurish xavfli!



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech