“O‘zbekiston” radiokanalining “Jarayon” dasturi:
Yangilangan sana: 04.16.2026 11:38:57
“O‘ztransgaz” AJ va Jahon banki hamkorligida “O‘zbekistonda gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasi doirasida workshop o‘tkazildi
“O‘ztransgaz” AJ va Jahon banki hamkorligida “O‘zbekistonda gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasi doirasida workshop o‘tkazildiIkki kunlik amaliy tadbirda vazirliklar, “O‘ztransgaz” AJ masʼullari hamda hududlardagi kompressor stansiyalarning vakillari ishtirok etdi.

Workshopda gaz sizib chiqishlarini aniqlash va ustuvorlik asosida bartaraf etish mexanizmlari, metan emissiyalarini kamaytirish hamda ushbu jarayonlarni samarali boshqarish uchun zamonaviy MRV (Monitoring, Reporting and Verification - Monitoring, hisobot berish va tekshirish) tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Natijada barcha asosiy masalalar atroflicha muhokama qilindi, ishtirokchilar o‘rtasida faol savol-javoblar o‘tkazildi hamda loyiha doirasida amalga oshiriladigan keyingi amaliy qadamlar aniq belgilab olindi.

Ushbu loyiha “O‘ztransgaz” AJ tizimida gaz sizib chiqish holatlarini kamaytirish orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanish, amaliyotlar jarayonida samaradorlikni oshirish hamda iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi.

Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi