Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.02.2026 14:04:23




"O‘ztransgaz" AJda Boshqaruv raisi o‘rinbosarlarining 2022-yil II chorakdagi faoliyati samaradorligi va maqsadli vazifalarga erishish ko‘rsatkichlari baholandi


Unga ko‘ra, Boshqaruv raisining ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - bosh muhandis v.v.b. O‘.T. Nuriddinovning 2022-yil II chorakdagi faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha belgilangan 8 ta ko‘rsatkichning 3 tasi bo‘yicha vazifalar ortig‘i bilan bajarilgan va umumiy samaradorlik ko‘rsatkichi 100,8 %ni tashkil qilgan.

Boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. T.A. Ismoilovning shu davrdagi faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha belgilangan 6 ta ko‘rsatkichning 2 tasi ortig‘i bilan bajarilgan va umumiy samaradorlik ko‘rsatkichi 118,5 %ni tashkil qilgan.

Boshqaruv raisining moliya va marketing masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Б.R. Mamatkarimovning 2022-yil II chorakdagi faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha belgilangan 4 ta ko‘rsatkichdan 2 tasi bo‘yicha ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarilgan va umumiy samaradorlik ko‘rsatkichi 104,7 %ni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, Boshqaruv raisining ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - bosh muhandis v.v.b. O‘.T. Nuriddinovga "Magistral gaz quvurlar nuqsonli qismlarini kapital taʼmirlash" ko‘rsatkichi 2022-yil II chorak yakuni bo‘yicha 89,9 %ga bajarilganligi ko‘rsatib o‘tilib, mazkur ko‘rsatkichni 2022-yil davomida to‘liq bajarilishini taʼminlash  vazifasi topshirildi.

Qayd etilishicha, Boshqaruv raisining ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - bosh muhandis v.v.b. O‘.T. Nuriddinov hamda Boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. T.A. Ismoilovlar  1 tadan topshiriqning muddati o‘tib bajargan.

Umumiy samaradorlik ko‘rsatkichi (USK) natijalari asosida 2022-yil II chorak yakunlari bo‘yicha:

Boshqaruv raisining ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - bosh muhandis V.V.b. O‘.T. Nuriddinovga “aʼlo” (USK - 100,8%);

Boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. T.A. Ismoilovga “aʼlo” (USK - 118,5%);

Boshqaruv raisining moliya va marketing masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.R. Mamatkarimovga “aʼlo” (USK - 104,7%) bahosi berildi.

Ushbu baholash Respublika Prezidentining 2021-yil 22-iyuldagi davlat boshqaruvining boshqaruv organlari va O‘zbekiston Respublikasi "Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida" PQ-5189-son qarori, Respublika Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi "Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida" 467-son qarori ijrosini taʼminlash doirasida amalga oshirildi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech