Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.02.2026 14:04:23




"O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatida ekspluatatsiya jarayonini tartibga soluvchi yangi normativ hujjat amaliyotga tatbiq qilindi

 Magistral gaz quvurlari tarmog‘i strategik obyektlarga ega murakkab muhandislik inshootlariga ega bo‘lgan tizim. Sohaga oid normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadida "O‘ztransgaz" AJ magistral gaz quvurlarining gaz taqsimlash va gaz o‘lchash stansiyalarini texnik ekspluatatsiya qilish to‘g‘risida Nizom” normativ texnik hujjati ishlab chiqildi va tatbiq etildi.

Hujjat gaz taqsimlash va gaz o‘lchash stansiyalarining uskunalarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish, stansiyalarning tizim hamda tarmoqlarida profilaktika va taʼmirlash ishlarini bajarish uchun texnik talablar, ekspluatatsiya qilish va uskunalarini taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi. Shuningdek, zaruriy texnik hujjatlar hajmi va ularni rasmiylashtirish tartibini belgilovchi, dolzarb talablarni inobatga oluvchi mukammal ichki hujjat hisoblanadi. Mazkur nizom aloqador vazirlik va idoralar tomonidan berilgan taklif mulohazalar inobatga olingan holda, ular bilan kelishuvlar asosida tayyorlandi.

Kitob ko‘rinishida chop etilib, ayni paytda jamiyat va uning tizim tashkilotlariga tarqatilmoqda.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech