Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.02.2026 14:04:23




Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalari faoliyatiga oid tanqidiy fikrlarga munosabat

 


Ijtimoiy tarmoqlardagi (https://www.youtube.com/watch?v=) “Past-Darg‘om ovozi” sahifasida Samarqand viloyatidagi “M-PETROL” AGTKShsida gaz o‘rniga suv quyilayotgani haqida shikoyat qilingan.

 “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati vakolatiga ko‘ra hududlardagi Gaz taqsimlash stansiyalarigacha tabiiy gazni sifatlilik darajasi GOST-5542-2014 asosida yetkazib beradi. “O‘ztransgaz” AJ undan keyingi jarayonlardagi faoliyatga aralashish vakolatiga ega emas. Gaz sifati bo‘yicha shubha bo‘lgan taqdirda, AGTKShsi egalari - tegishli akkreditatsiyadan o‘tgan vakolatli laboratoriyalar orqali tekshiruvlarni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.

 2020 yil 7 fevral kuni http://t.me/muxbir1 kanalida metan gaz narxiga e’tiroz bildirgan yurtdoshimizning fikri keltirilgan. Unda "...Metan gaz narxi oshishni boshladi 2500 edi hozir 2600 so‘m bo‘ldi. Bu ketishda benzin narxiga ham yetib olsak kerak, deyiladi

 - https://www.youtube.com/watch?v=jFUEl_oZV1k da video formatida "Metan gaz quyish shaxobchasiga murojaat" joylashtirilgan. Unda Xorazm viloyatidagi AGTKSh laridan birida gaz narxi 2600 so‘m, (Samarqandda 2300 so‘m) ekani hamda shaxobchalarda xaydovchilarga qaytim berilmayotgani yetmagandek, ishchilar 500 so‘mdan xizmat haqi so‘rayotgani tanqid qilingan.

-Telegramm kanalining Militsiya.uzb sahifasida AGTKShlaridan birida ishchilar 1000 so‘m xizmat haqi olayotgani, bu kabi shaxobchalarda ishchilar noqonuniy ishlatilayotgani tanqid qilingan.

Bu yurtdoshlarimizning e’tirozlari o‘rinli. Aynan qaysi AGTKShsida shunday narx ekanligi aniq keltirilmagan. Shu mazmundagi e’tirozlarga javoban aytish mumkinki; Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi № 249-sonli qaroriga asosan tabiiy gaz narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, VMning qaroriga asosan belgilanadi. Xususan, VMning 2019 yil 30 iyuldagi № 633-son karoriga ko‘ra, AGTKShlari uchun 1 m.kub tabiiy gaz 1000 (ming) so‘mdan yetkazib berilmoqda. Narxning 2300-2600 so‘m miqdorida sotilishi esa tadbirkorlarning AGTKShsida xizmat ko‘rsatish, energiya sarfi, ishchilar oylik maoshlari, umuman olganda shahobchaning harajatlaridan kelib chiqqan holda, tadbirkorlarning o‘zlari tomonidan belgilanadi. Xizmat ko‘rsatganligi uchun 500 yoki 1000 so‘mdan haq olayotgani ham aynan tadbirkorlik sub’ektlarining o‘ziga tegishli muammo.

https://www.facebook.com/groups/479684366220901/permalink/597355117787158/ sahifasida Farg‘ona viloyatidagi AGTKShlarda yana uzundan-uzoq navbatlar vujudga kelayotgani tanqid qilingan.

- 2020 yil 29 fevral kuni https://telegram.me/joinchat/AAAAAD_ sahifasida - Vodiyda gaz zapravkalar ishlamayapti, degan mazmunda ma’lumot berilgan.

Haqiqatdan ham, joriy yilning 28-29 fevral kunlari gaz ishlab chiqarish qurilmalarida nosozlik yuzaga kelganligi bois, ayrim hududlarda tabiiy gaz bosimining pasayib ketishi kuzatildi. Shu sababli gaz transport tizimida gaz bosimi ko‘rsatkichlarini ta’minlash maqsadida texnologik rejimlarni qayta rostlash ishlari amalga oshirilmokda. Natijada 1 mart kuni soat 12:00dan boshlab gaz bosimi ko‘tarildi va vodiy viloyatlaridagi AGTKShlariga gaz bosimi me’yor darajasida yetkazib berilmoqda. Farg‘ona viloyatidagi 90ta AGTKShsidan 63tasida avvaldan to‘lovi bo‘lmaganligi sababli gaz yetkazib berish to‘xtatilgan.

Gaz transport tizimida texnologik rejimlarni rostlash ishlari davom ettirilmoqda va bu davrda ayrim hududlarda gaz bosimining pasayish ehtimoli mavjudligini ma’lum qilamiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech