Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




Puxta tayyorgarlik - xavfsizlik omili

Magistral gaz quvurlari va uning muhandislik inshootlari favqulodda holat ehtimoli yuqori bo‘lgan obyektlardir. Shunga ko‘ra, tizimda ishlovchi xodimlardan doimo sergaklik va ogohlik talab etiladi. 

Buning uchun ishchi-xodimlarning tayyorlik ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib turish zarur. Samarqand MGQBda tungi vaqtlarda obyekt xavfsizligini taʼminlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf qilishga oid navbatdagi o‘quv mashqlari o‘tkazildi. 

Boshqaruv shtabi tarkibi, viloyat FV boshqarmasi, tuman bo‘limi va fuqaro muhofazasi idoralari bilan birga o‘tkazilgan tadbir natijalariga ko‘ra kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Favqulodda holatlarda tez va to‘g‘ri qaror qabul qila olish ko‘nikmalari mustahkamlandi. 

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari ishchi xodimlar uchun texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazdi.







Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech