Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.02.2026 14:04:23




SAVOL: Magistral gaz o‘tkazgich tarmog'i nima?


JAVOB: Magistral gaz o‘tkazgich tarmog‘i - yirik diametrli quvurlar yordamida tabiiy gazni bir joydan ikkinchi joyga uzoq masofaga yetkazib berishda foydalaniladigan muhandislik inshootilaridir. Magistral gaz quvuri yo‘nalishida maʼlum bir masofadan keyin quvur ichidagi tabiiy gaz bosimini saqlab qolish maqsadiga xizmat qiluvchi kompressor stansiyalari o‘rnatiladi.  Magistral gaz quvurida gaz taqsimlash stansiyalari ham joylashadi. Bu stansiyalarda magistral gaz quvuri bo‘ylab keltirilgan yuqori bosimli tabiiy gazning bosimi isteʼmolchiga uzatishda xavfsiz bo‘lgan meʼyorgacha pasaytiriladi. Magistral gaz quvurlari o‘rnatilishi 3 xil -  yer ustida, yer ostida va suv ostida joylashtirilishi mumkin. 



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech