Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.02.2024 17:18:00




Texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjat amaliyotga joriy qilindi

Respublikamizda neft-gaz sanoati isloh qilinishi munosabati bilan "O‘ztransgaz" AJ tizimida amal qilayotgan normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadida, "O‘ztransgaz"AJda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga doir Nizom" o‘zbek va rus tillarida ishlab chiqildi. Qoidalar Jamiyatning 2023-yil 21-noyabrdagi buyrug‘i bilan amalda qo‘llanilmoqda.

10 bo‘lim, 22 band va 12 ilovadan iborat ushbu hujjat "O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparati hamda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar uning barcha tarkibiy korxona, tashkilot va bo‘linmalarida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, gaz transport tizimida avtotransport vositalaridan foydalanishda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri tashkil etishdagi asosiy talablarni belgilaydi.

Nizom Jamiyat ijroiya apparatining Metodologiya bo‘limi tomonidan tegishli departament masʼullari ishtirokida taalluqli vazirlik va idoralarning taklif hamda mulohazalarini inobatga olgan holda tayyorlandi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech