Qo‘ng‘irot MGQB tomonidan "O‘rta Osiyo-Markaz" magistral gaz quvurining 3-tarmog‘ida porshen yuborish va qabul qilish kamerasi montaj qilinmoqda.
Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davom etmoqda...
"Forish-Uchquloch" magistral gaz quvuri tarmog‘idagi tabiiy gaz oqimining yo‘nalishini o‘zgartirish qismiga 56 dona nazorat o‘lchov uskunasi o‘rnatildi. Otvodning 0-56 kilometri oralig‘ida amalga oshirilgan ishlar G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi elektr kimyoviy himoya bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Bu tadbir quvur o‘tkazuvchanligining ishonchliligini taʼminlaydi.Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yana bir tadbir bajarildi. DBST (Djarqoq-Buxoro -Samarqand -Toshkent) magistral gaz quvurining 296-298 km oralig‘ida vaqtinchalik o‘rnatilgan xomutlar joylashgan nuqsonli qismlar almashtirildi. Tadbir davomida qariyb 107 metr bo‘lgan Du-720 mm.li quvur yotqizildi.