Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.03.2024 16:41:33




“O‘ztransgaz”da seminar: murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomiga rioya qilish kun tartibida

“O‘ztransgaz”da seminar: murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomiga rioya qilish kun tartibida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxona va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomiga mas’ul xodimlari ishtirokida Respublika seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda Prezident Administrasiyasi, Adliya Vazirligi hamda Energetika Vazirligining malakali mutaxassislari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Jamiyat tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomini tizimli asosda tashkil etish, quyi tuzilmalarda olib borilayotgan ishlarni muntazam o‘rganish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, murojaatlarga sabab bo‘layotgan omillarni tahlil etish va bartaraf etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar “O‘ztransgaz” AJning tarkibiy tuzilmalariga chiqib murojaatlarda tez-tez ko‘tariladigan muammoli masalalar bo‘yicha tahlillar o‘tkazish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va qoidabuzarliklarning sabablarini bartaraf etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish choralarini ko‘rish maqsadida o‘rganishlar o‘tkazildi. Ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi. Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollar hamda murojaatlar bilan ishlashda kuzatiladigan holatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech